Afg‘onistonda 9-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:44 da yuz bergan zilzila O‘zbekiston shaharlarda ham sezildi. Zilzila epitsentri O‘zbekiston poytaxtidan 524 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.

Foto: “Gazeta.uz”

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentrda zilzila magnitudasi 5,5 ni tashkil etgan.

Yer osti silkinishlari kuchi Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarshi shaharlarida 2 ball, Termiz shahrida esa 2—3 ballni tashkil etgan.