Facebook Turkiya foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lgani uchun 282 ming dollar jarima to‘laydi
Turkiya shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish boshqarmasi (KVKK) foydalanuvchilarga oid shaxsiy manbalar maxfiyligi buzilgani uchun Facebook’ka nisbatan 1,6 million lira (282 ming dollar atrofida) jarima qo‘lladi. Bu haqda “Kod.ru” xabar bermoqda.
Shaxsiy ma’lumotlar ommaga oshkor bo‘lishi o‘tgan yili ro‘y bergandi. O‘shanda bu holatdan salkam 300 ming foydalanuvchi jabrlangan. Uchinchi shaxslar ko‘rishi mumkin bo‘lgan ma’lumot ism-sharif, sana va manzilga doir manbalar edi.
Boshqarma mazkur holatning oldini olish uchun qonun talablariga binoan tegishli ma’muriy va texnik choralar ko‘rilmaganini aniqladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar