Xakerlar Twitter mikrobloglar xizmati asoschisi va ijrochi direktori Jek Dorsining akkauntini buzib, uning sahifasida irqiy kamsituvchi va yahudiylarga qarshi fikrlarni e’lon qildi.
The Verge’ning xabar berishicha, ushbu haqoratli tvitlar Dorsining sahifasida 10 daqiqaga yaqin vaqt davomida turgan, so‘ng o‘chirib tashlangan.
https://twitter.com/SubDeliveryZone/status/1167542962420625409
Twitter vakillarining ma’lum qilishicha, xakerlar nomi oshkor etilmagan mobil operatorning xavfsizlik tizimidagi nosozlikdan foydalanib, Dorsining akkaunti orqali tarmoqqa kirishga muvaffaq bo‘lgan. Huquqbuzarlar tvitlarni telefondan yuborilgan matnli xabarlar orqali chop etgan.
The Verge’ning qayd etishicha, Dorsining Twitter’dagi sahifasi, katta ehtimol bilan, avvalroq boshqa mashhur blogerlarning akkauntlariga hujum qilgan Chuckle Squad guruhi tomonidan buzilgan. Ko‘plab jabrlanuvchilar xakerlar ularning sahifalarini AT&T mobil operatoridan blogerlarning ismini ko‘rsatib, yangi SIM-kartalar olish orqali buzgan, degan fikrda.
Meduza’ning eslatishicha, Jek Dorsi — Twitter’ning asoschilaridan biri. U 2006-yilda chop etilgan eng birinchi tvitning muallifi hisoblanadi. Forbes uning boyligini 4,1 milliard dollarga teng, deb baholaydi.
Izoh (0)