Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kuni kecha Farg‘ona viloyatida “Agrobank” ATB tomonidan “Hududlarda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlarda ‘Agrobank’ ATBning ishtiroki” mavzusiga bag‘ishlab press-tur o‘tkazildi.

Unda “Agrobank” ATBning rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik ba’zasini mustahkamlash alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, yurtimizda paxta-to‘qimachilik klasterlarni tashkil etish va shu orqali to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirishga bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada “Agrobank” ATB tomonidan ham ushbu tarmoqni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar olib borilayotgani hech kimga sir emas.

Xususan, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha bugungi kun holatiga tashkil etilgan 74 ta klaster korxonasining 33 tasi bilan “Agrobank” o‘rtasida paxta 2019-yil hosili moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga “Agrobank” ATB filiallari tomonidan paxta-to‘qimachilik korxonalariga paxta hosilini yetishtirish qiymatining 60 foizi miqdorida 2 042,7 mlrd so‘mlik kredit ajratilgan.

Press-tur davomida OAV xodimlari bankning moliyaviy ko‘magida o‘z ish faoliyatini boshlagan bir qator zamonaviy agroklasterlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Press-tur ishtirokchilari dastlab,  Toshloq tumanida joylashgan “Expo Koller Prin Teks” MChJga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan ishlar haqida mutaxassislardan ma’lumotlar olishdi.

Ushbu zamonaviy agroklasteriga bank tomonidan paxta hosilini yetishtirish uchun 36,4 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Mazkur korxona paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona bir yilda 3600 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega Korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar  10 million AQSh dollarilik mahsulotlar Xitoy, Belgiya, Polsha davlatlariga eksport qilingan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bank bilan hamkorlik natijasida “Expo Koller Prin Teks” MChJ tomonidan 100 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Hozirda korxonada jami 1052 nafar ishchi faoliya olib bormoqda.

Press-tur davomida OAV xodimlari Rishton tumanida ham bo‘lib, u yerda “Rus O‘zbekteks” MChJ tashrif buyurdi. Korxona to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar olishdi.

Ushbu zamonaviy agroklasteriga bank tomonidan paxta hosilini yetishtirish uchun 34,4 mlrd so‘m hamda ip kalava to‘qimachilik dastgohlarini sotib olish uchun 945,5 ming AQSh dollari kredit mablag‘lari ajratilgan. Mazkur korxona paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona bir yilda 4 mln tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 4,8 million AQSh dollarlik mahsulotlar Xitoy, Turkiya, Belarus davlatlariga eksportga chiqarilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bank bilan hamkorlik natijasida “Rus O‘zbekteks” MChJ tomonidan 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonada bugungi kunga kelib 882 nafar ishchi faoliyat olib bormoqda.

“Agrobank” jamoasi yurtimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini yanada taraqqiy ettirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bank xizmatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida keng ko‘lamli sa’y-haraktlarni bundan keyin ham ustuvor ravishda olib boradi.

“Agrobank” ATB matbuot xizmati

Sayt: www.agrobank.uz

Instagram

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi