• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank 2019-yil yakunidayoq inflyatsion targetlash rejimiga o‘tishi mumkin

    Markaziy bank tomonidan Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga “Davlat pul-kredit siyosatini takomillashtirish va hukumat hamda Markaziy bankning iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta‘minlash bo‘yicha chora-tadbirlari samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylandi.

    Farmon loyihasida pul-kredit siyosati sharoitlarini inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish hamda 2023-yildan inflyatsiyaning doimiy maqsadli ko‘rsatkichi (target)ni 5 foiz darajasida belgilash nazarda tutilmoqda.

    Markaziy bank xabarida qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar, jumladan, tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi va soliq siyosatidagi o‘zgarishlar ta’sirida inflyatsiya hozirgi ikki xonali son darajasida saqlanib qolish xatari oshib bormoqda. Bunday sharoitda inflyatsiyani jilovlash bo‘yicha yanada qat’iy choralarni ko‘rish zarurligi inflyatsion targetlashga o‘tish jarayonini jadallashtirishga turtki bo‘ldi.

    Inflyatsiyaning joriy dinamikasi va prognoz ko‘rsatkichlari Markaziy bankka narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalaridan kelib chiqib, mazkur yo‘nalishda aniq va yanada ta’sirchan choralar ko‘rishni taqozo etmoqda.

    Inflyatsion targetlash sharoitlari va maqsadlarining belgilab olinishi hukumat va Markaziy bankning inflyatsiyani barqarorlashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarini samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

    Tahlil va hisob-kitoblar, Farmon loyihasida keltirilgan qat’iy pul-kredit siyosatining yuritilishi, davlat yig‘ma budjetining muvozanatli ijro etilishi, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida tarkibiy islohotlarning samarali amalga oshirilishi kabi shartlarning bajarilishi 2023-yilda inflyatsiyaning maqsadli darajasiga erishilishiga xizmat qilishini ko‘rsatmoqda.

    Shu bilan birga, inflyatsiyani pasaytirish va uni iqtisodiyot uchun maqbul darajada ushlab turish hamda inflyatsion kutilmalarni jilovlash maqsadida Farmon loyihasida pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning yangi instrumentlarini joriy qilish, Markaziy bank foiz siyosatini tezkorligi va moslashuvchanligini oshirish ko‘zda tutilgan.

    Farmon loyihasining makroiqtisodiy siyosat va tarkibiy islohotlar sohasidagi chora-tadbirlar qismida quyidagilar nazarda tutilgan:

    • davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlar ajratish usullari va tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish, foiz stavkalarini belgilashda 2020-yil 1-yanvardan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan darajada, 2021-yil 1-yanvardan esa bozor stavkalarida belgilash, zaruriy hollarda foiz xarajatlarining ma’lum bir qismini qoplab berish mexanizmini qo‘llash;
    • fiskal siyosat sohasida choralar “budjet qoidalari”ni ishlab chiqish hamda 2020-yildan davlat ichki va tashqi qarzlari yillik o‘zgarish parametri chegarasini tasdiqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishga qaratilgan;
    • Davlat budjetini belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida ijro etish, shuningdek, soliq-budjet va pul-kredit siyosati muvofiqligini ta’minlash va boshqalar.
    “Mazkur Farmon bilan shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga ko‘ra iqtisodiyotni yanada isloh qilish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar, birinchi navbatda, sifatli va muvozanatli iqtisodiy o‘sish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadlariga mos keluvchi tamoyil va vazifalarga asoslanadi.

    Bu, o‘z navbatida, zamonaviy ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirishni yakuniga yetkazish, davlat korxonalarini isloh qilishda ular faoliyatiga bozor mexanizmlarini joriy qilish, mehnat unumdorligi va energiya samaradorligini oshirish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.

    28.09.2019, 17:23   Izoh (0)   28600
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda YPX xodimlari bodi-kamera bilan ishlashni boshladi

    28.09.2019, 16:21

    Xitoy O‘zbekistonda “Xavfsiz shahar” tizimi uchun 1 milliard dollar ajratadi

    28.09.2019, 15:20

    Chimyonda Mudofaa vazirligi harbiylari “Tog‘ sharpasi” murakkab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda (fotoreportaj)

    28.09.2019, 14:19

    Markaziy saylov komissiyasi: Saylovlarda ovoz berish vaqti o‘zgardi

    28.09.2019, 14:00

    Davlat boshqaruvi akademiyasi dekani Otabek Hasanov: Agar jamiyatda yana shunday hokim o‘rinbosari chiqsa, bizga qiyin bo‘ladi

    28.09.2019, 13:42

    Sirdaryoda eri bilan janjallashgan ayol o‘zini yoqib yubordi

    28.09.2019, 13:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.