O‘zbekistonda 244 ta past rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat unitar korxonalari tugatiladi. Vazirlar Mahkamasi shu haqda 24-sentabr kuni tegishli qaror qabul qildi, deya xabar beradi Spot.
Ularning barchasida davlat ulushi 100 foizni tashkil etadi. Bir necha korxona sotilganidan va mulk huquqini beruvchi orderni qo‘lga kiritganidan so‘ng ro‘yxatdan chiqariladi. Ular orasida Qashqadaryodagi “Shahrisabz yulduzi” va Samarqandagi “Afrosiyob Palas” mehmonxonalari bor.
Tugatilayotgan korxonalarning aksariyati Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari balansida ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)