Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turida 18-sentabr, chorshanba kuni guruhlarda bir nechta o‘yinlar yakunlandi.

Foto: Twitter/@PSG_inside

Turning markaziy o‘yinlaridan birida Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi o‘z maydonida Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubini qabul qildi.

Uchrashuvda Parij klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya (14, 33) dublga erishgan bo‘lsa, belgiyalik himoyachi Toma Menye (90) hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Natijada parijliklar o‘z uyida “Qirollik klubi” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, muhim g‘alabaga erishdi.

“D” guruhida esa Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus”i mehmonda Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Turin klubi vakillari Xuan Kuadrado (48) hamda Blez Matyuidi (65) tomonidan urilgan gollarga “matraschilar” Stefan Savich (70) va Ektor Errera (90)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa o‘yin jangovar durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi (2:2).

YChL

1-tur bahslari

18-sentabr, chorshanba

“A” guruhi

“Bryugge”—“Galatasaroy” 0:0

PSJ—“Real Madrid” 3:0

Gollar: 1:0 — 14 Di Mariya, 2:0 — 33 Di Mariya, 3:0 — 90 Menye

“B” guruhi

“Olimpiakos”—“Tottenhem” 2:2

Gollar: 0:1 — 26, penalti Keyn, 0:2 — 30 Lukas Moura, 1:2 — 44 Podense, 2:2 — 54, penalti Valbuena

“Bavariya”—“Srvena Zvezda” 3:0

Gollar: 1:0 — 34 Koman, 2:0 — 80 Levandovski, 3:0 — 90 Myuller

“C” guruhi

“Shaxtyor”—“Manchester Siti” 0:3

Gollar: 0:1 — 24 Mahrez, 0:2 — 38 Gundo‘g‘on, 0:3 — 76 Gabriel Jezus

“Dinamo Zagreb”—“Atalanta” 4:0

Gollar: 1:0 — 10 Leovats, 2:0 — 31 Orshich, 3:0 — 42 Orshich, 4:0 — 68 Orshich

“D” guruhi

“Atletiko Madrid”—“Yuventus” 2:2

Gollar: 0:1 — 48 Kuadrado, 0:2 — 65 Matyuidi, 1:2 — 70 Savich, 2:2 — 90 Errera

“Bayer”—“Lokomotiv M” 1:2

Gollar: 0:1 — 16 Krixovyak, 1:1 — 25, avtogol Xevedes, 1:2 — 37 Barinov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!