Saudiya Arabistoni rasmiylari o‘tgan yili jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan Istanbuldagi diplomatik vakolatxonasi binosini sotib yubordi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Nufuzli Levent tumani hududida joylashgan bino bir oycha avval noma’lum xaridorga bozor narxining uchdan biriga sotilgani aytilmoqda.

Al-Jazeera telekanaliga ko‘ra, konsullik uchun yangi bino AQSh diplomatik vakolatxonasi joylashgan Sariyer tumanida xarid qilingan. Buning uchun Saudiya Arabistoni rasmiylari Turkiya TIV ruxsatini olishi kerak edi. Biroq mamlakat tashqi siyosiy mahkamasiga bu xarid haqida hech narsa ma’lum emas.