Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 18-sentabr, chorshanba kuni boks bo‘yicha Jahon chempionatining chorak final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

-57 kg vazn toifasi vakili Mirazizbek Mirzahalilov mazkur bosqichda qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga qarshi ringga chiqdi. 3 raundlik jangda hakamlar o‘zbekistonlik bokschi g‘alabasini e’tirof etdi.

Natijada Mirazizbek yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining -52 kg vazn toifasi vakili Shahobiddin Zoirov ham yarim finalga chiqqandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!