• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Urgutlik egizaklar esingizdami? Ular yana oziqadan qiynalmoqda, oila yordam so‘rashga tortinyapti, mutasaddilar esa jim

    Esingizda bo‘lsa, “Daryo” 2-avgust kuni “Cobalt’siz qolgan Shavkatbek, Ziroatxon va Saidaxon. Urgutda tug‘ilgan egizaklar nega e’tiborsiz qolib ketdi?” sarlavhasi ostida Urgut tumani, To‘rtko‘l mahallasiga qarashli Qorachekman qishlog‘ida yashovchi Qo‘ziboyevlar oilasida tug‘ilgan uch egizak – Shavkatbek, Ziroatxon, Saidaxonlarning e’tiborsiz qolib ketgani haqida maqola chop etgan edi. Ancha bahsli mavzuga bag‘ishlangan bu maqola qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. Shuningdek, tuman hokimiyati tomonidan muammoni hal etish bo‘yicha muayyan choralar ko‘rildi.

    “Daryo” eski mavzuga qaytib, Qo‘ziboyevlar oilasining keyingi taqdiri qanday kechganiga qiziqdi. “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh Qorachekman qishlog‘iga borib, egizaklarning holidan xabar oldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘sha maqolani deb ko‘plab o‘quvchilardan ta’na-dashnomlar eshitdim. E’tirozlarning aksariyati “davlat unday oilalarga avtomobil sovg‘a qilishga yoki e’tibor berishga majbur emas” degan mazmunda bo‘ldi.

    Shu yerda bir holatni e’tirof etib ketishni xohlar edim. Men maqolada “uchta tug‘ilgan egizakka avtomobil berilsin” degan fikrni ilgari surmaganman. Shunchaki uch egizak har qanday o‘rtahol oilani shoshirib qo‘yishi, ularning oziqlanishi, kiyim-kechagi, tagliklari uchun har oy kamida 1,5–1,8 million so‘m xarajat bo‘lishini va bu xarajatni o‘rtacha oilalar qila olmay qiynalib qolishi haqida yozganman; hokimiyat, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi hech bo‘lmaganda homiylarni jalb qilib, tug‘ilgan egizaklarning ozuqasi va boshqa xarajatlariga yordam berishi lozimligini yozganman. Hozir ham shu fikrimda sobit turibman.

    Endi asosiy gaplarga o‘taman. Bundan uch kun oldin bolalarning holidan xabar olish uchun yana o‘sha xonadonga bordim. Xonadon ahlining menga ilk aytrgan gapi “O‘zi sizga ancha oldinroq qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldik, ammo yana tamagirlikka yo‘ymang deb indamavdik. Mana sizni Xudoning o‘zi yetkazidi” bo‘ldi. Ularning bu gapidan hayron bo‘ldim.

    Ular vaziyatni ochiqladi. Egizaklar onasining aytishicha, men ular haqida yozib chiqqanimdan keyin ularning xonadoniga Urgut tuman xotin-qizlar qo‘mitasining raisasi kelgan va xonadonga kir yuvish mashinasi, ozroq bolalar ozuqasi, bolalarga bir sidra kiyim va taglik berib, tabriklab ketgan. Shuningdek, Urgut tuman sog‘liqni saqlash bo‘limining bolalar bo‘limi vrachlari va Samarqand shahridagi 4-tug‘ruqxonaning Sardor degan (familiyasini bilishmas ekan) vrachi kelib, bolalarni ko‘rikdan o‘tkazgan; har ikki tomon bolalar ozuqasi va tagliklar olib kelgan. Bu ishlar avgust oyining boshlarida bo‘lgan.

    Shundan keyin bolalar vrachlar tomonidan olib kelingan ozuqani yoqtirmagan va ilk marta yedirishganda uchalasining ham mazasi bo‘lmay, bir muddat davolangan. Bolalar ozuqasi shundoq turibdi, bobosi egizaklar avval iste’mol qilib kelgan ozuqadan topib kelgan.

    Qisqasi, bugun egizaklar oilaning qo‘li kaltaligi uchun ozuqa masalasida qiynalmoqda. Onasining aytishicha, avgust oyidan bola parvarishi uchun ajratiladigan nafaqa puli chiqqan. Ammo 400 ming so‘mdan sal oshiq bo‘lgan nafaqa puli egizaklarning bir 4–5 kunlik ozuqasiga yetyapti xolos.

    Bugun uch egizak narxi 65 ming so‘m turadigan ozuqadan bir quti iste’mol qilayotgan ekan. Shuning o‘zi bir oy, 30 kunga 1 950 000 so‘m bo‘ladi. Oila budjeti esa hozir bir oyga buncha pulni ko‘tarmaydi.

    Hozir holatimiz juda tang. Bolalarim ozuqa masalasida juda qiynalyapti. Qaynotam amallab topib kelyaptilar, lekin ozuqa uchun pulni qayerdan olyaptilar bilmayman. Taxminimcha, ozuqani do‘kondan qarzga olib kelyaptilar yoki kimdandir qarz olyaptilar. Bu haqda so‘rasak, “sen ozuqani qayerdan, qanday olib kelayotganim bilan qiziqma, bolalarga yaxshi qara” deydilar.

    Ishonsangiz, avgust o‘rtalarida qaynotam ish yuzasidan besh kunga Qarshiga ketib qoldilar. Ana shu besh kun bolalarim och qoldi. Bu orada ozgina davolanishdi, hammasini o‘zimiz sotib olib keldik. Qishloq vrachlik punkti ham, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi vrachlari ham yetarli e’tibor berayotgani yo‘q.

    Umuman olganda, hozir bolalar ozuqasi bo‘yicha juda yordamga muhtojmiz. Ammo kimningdir oldiga borib qarz so‘rashga ham, hokimiyatga borib “yordam beringlar” deyishga ham istihola qilib turibmiz.

    Yangi tug‘ilgan go‘daklarda kun sayin ozuqa yeyishni oz-ozdan ko‘payib boradi. Biz ana shu miqdorni ko‘paytira olmayapmiz. Ozuqani boricha berib, yetkazishga urinyapmiz. Shu tufayli bolalar biroz ozib qoldi.

    Maftuna Qo‘ziboyeva

    Shu o‘rinda yana bir mulohaza. Aslida yuqoridagi gaplar yozilmasligi ham mumkin edi. Egizaklarning xonadoniga borib, ularning ahvolini ko‘rib, bu haqda Urgut tuman hokimligi mutasaddilaridan biriga qo‘ng‘iroq qilib aytdim, imkoni bo‘lsa homiylardan jalb etib, egizaklarga faqat ozuqa tomonlama yordam berishlarini iltimos qildim. Hokimlik mutasaddisi albatta yordam berajaklarini, ertaning o‘zida tuman xotin-qizlar raisasi borib yordam ko‘rsatishini aytdi. O‘sha gapga ham to‘rt kun bo‘ldi. Egizaklarga hech kim yordam ko‘rsatmagan. Yordam ko‘rsatilganida bu gaplar yozilmas edi.

    Vaziyatdan foydalanib, egizaklar masalasida ikkita taklifimni yozib ketay, zora tegishli tashkilotlar inobatga olishsa.

    Birinchisi egizaklar tug‘ilganda ularga bola parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqa bilan bog‘liq. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qarorida belgilangan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi haqida”gi nizomga muvofiq, bola parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqa bolalar nechta egiz tug‘ilsa ham bitta bola uchun ajratiladi. O‘sha nizomda “Bolani parvarish qilish nafaqasi har oyda belgilangan eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lanadi. Tug‘ilgan bolalar soni uning miqdoriga ta’sir o‘tkazmaydi – ikki, uch nafar bola parvarish qilinganda ham ayol o‘sha EKIHning ikki baravar miqdorini olaveradi”, deb yozib qo‘yilgan.

    Egizaklarga bunday holatda bola parvarishi uchun faqat bittasi hisoblab nafaqa ajratilishi o‘taketgan adolatsizlikdir. Tegishli tashkilotlar shu nizomni ham, daxldor qonunlarni ham qayta ko‘rib chiqishi lozim va bola parvarishi uchun to‘lanadigan nafaqani egizaklar nechta tug‘ilishidan qat’iy nazar bolalarning har biriga hisoblab to‘lanishi lozim. Chunki ko‘ryapmiz – egizaklar tug‘ilganda ularning parvarishi har qanday oilani shoshirib qo‘yadi. Shunday ekan, egizaklar tug‘ilganda har bir bolaga hisoblab nafaqa ajratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Masalan, yuqorida tilga olganimiz egizaklarga ham uch nafar bolaga hisoblab nafaqa berilganda o‘sha mablag‘ (1 300 000 so‘m atrofida) egizaklarni parvarish qilishda asqatar edi.

    Ikkinchi masala shuki, hozir yurtimizda tug‘ilayotgan uch egizakka qayerlardadir hokimlar tomonidan “Prezident sovg‘asi” sifatida avtomobil berilyapti. Yana qayerlardadir tug‘ilgan egizaklar esa qahramonlarimizday ozuqaga pul topa olmayapti. Shunday ekan, endi uchta va undan ortiq egizaklar tug‘ilganda hammasiga birday yordam ko‘rsatiladigan tartib kerak. Hozir bolalar nafaqasini olish ota-onalarga uchun ma’lum bir shartlar qo‘yiladi. Qandaydir hujjatlar talab qilinadi. Uch va undan oshiq tug‘ilgan egizaklar uchun o‘sha talablar bekor qilinishi lozim. Ana shunda mamlakat bo‘ylab uch va undan ortiq tug‘iladigan egizaklarga bir xil munosabat qilingan bo‘ladi. Hozirgi holat ham, egizaklarga munosabat ham esa juda tushunarsiz va adolatsiz bo‘lib qolayapti.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    12.09.2019, 15:21   Izoh (0)   74304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialdagi yovuz qahramonlarni Ilon Mask bilan solishtirdi

    Kino | 2 iyul, 09:42

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” va “Borussiya D” chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 2 iyul, 09:34

    Air China O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsatnoma oldi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 09:32

    Noutbukni doimiy zaryadga ulagan holda ishlatish mumkinmi?

    Maslahatlar | 2 iyul, 09:19

    “Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘ldi” — Tramp

    Dunyo | 2 iyul, 09:10

    Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi

    Dunyo | 2 iyul, 08:37

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.