11-sentabr, chorshanba kuni soat 03:45 da Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Ustoz” MFY, Tabassum ko‘chasida joylashgan ikki qo‘shni uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

Yong‘in haqida alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgani uchun 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi ko‘rsatilgan manzilga yetib borganida imoratning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Birinchi bo‘linma ko‘rsatilgan manzilga soat 04:00 da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 17 kilometr). Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04:05 da qurshab olingan va soat 05:05 da to‘liq o‘chirilgan.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

Yong‘in oqibatida 71-uyning 200 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda 72-uy darvozaxonasining 10 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘indan 71-uyning 100 kvadrat metr va 72-uyning esa 200 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in vaqtida 71-uy egasi fuqaro Yo.G‘iyosov kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. Uning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilgan.

“Yong‘inning sababi sigareta chekishda ehtiyotsizlikdan deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.