Dunyodagi eng shafqatsiz senzura amalda bo‘lgan mamlakatlar reytingida Eritreya, Shimoliy Koreya va Turkmaniston yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilingan.

Foto: Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi

Mamlakatlar ushbu reytingdan OAV ozodligini cheklash bo‘yicha qo‘llangan turli uslublar — bo‘hton haqidagi qonunlar, yangilik saytlarining blokirovka qilinishi, xususiy medialarga cheklov darajasi baholanganidan so‘ng joy olgan.

Shuningdek, mazkur reyting o‘nligiga Saudiya Arabistoni, Xitoy, Vyetnam, Eron, Ekvatorial Gvineya, Belarus va Kuba ham kiritilgan.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, aksilreytingni boshqarayotgan Eritreya barcha mustaqil OAVlarni 2001-yilda yopgan. Aholining atigi 1 foizi internetdan foydalanish imkoniga ega, joriy yil may oyida esa ijtimoiy tarmoqlarga kirish ham taqiqlangan.