Texasda yashovchi Tevon Varlak Nyu-Yorkning Uoll-strit ko‘chasida o‘rnatilgan buqa haykalini shikastladi.
U bir necha bor haykalning o‘ng shohiga metalldan yasalgan bandjo (musiqa asbobi)ga o‘xshash buyum bilan zarba bergan va o‘yiq hamda qirindilar qoldirgan.
Vandal qo‘lga olingan. U noqonuniy qurol saqlashda ham ayblanishi mumkin.
“Hujumga shaylangan buqa” haykaltarosh Arturo di Modika tomonidan yaratilgan va 1989-yilda Nyu-York fond birjasi oldida o‘rnatilgandi. Haykal Uoll-strit ramzlaridan biri sanaladi.