Reper San Jay taniqli biznesmen Alisher Usmonovga atab qo‘shiq yozdi. Xonanda qo‘shiqda Usmonovni buyuk inson deb hisoblashini ma’lum qildi.

Foto: Repost

Qo‘shiqchi shuningdek, ushbu qo‘shiq bilan Usmonovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashini yozgan. 9-sentabr kuni Alisher Usmonov 66 yoshini nishonlaydi.

https://www.instagram.com/p/B1ejyp8Heb6/?utm_source=ig_embed

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin San Jay ijodida Ramzan Qodirov va Ahmad Hoji Qodirovga bag‘ishlangan qo‘shiqlar mavjud edi.