Toshkent shahrida fuqaroning uyiga deraza orqali kirib, pul va boshqa anjomlari o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
18-avgust kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 48 yoshli U.M.ning uyiga deraza oynasi orqali kirib, xonasidan 13 500 000 so‘m puli, HP rusumli noutbuki va 3 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chevar ko‘chasida yashovchi 28 yoshli P.T. va Uyg‘ur tor ko‘chasida yashovchi 31 yoshli X.Sh. sodir etganliklari aniqlanib ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)