Toshkentdagi “Ashxobod” sayilgohida 16, 17, 18-avgust kunlari elektron musiqa festivali — Dance Music Fest—2019 o‘tkaziladi. O‘rta Osiyo miqyosida o‘tkaziladigan mazkur xalqaro festival elektron musiqani yaxshi ko‘rgan yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: “Daryo”

Festival bu yil uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Ma’lumot uchun, 2017 va 2018-yillarda unga 15 000 tomoshabin tashrif buyurgan.

Dance Music Fest yoshlarning zamonaviy elektron musiqaga bo‘lgan madaniyatini oshirib, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etib, madaniy-ko‘ngilochar dam olishiga yordam beradi.

Festival kunlari “Ashxobod” sayilgohi butunlay yopilib, saylgoh hududiga faqat chipta bilan kirish mumkin bo‘ladi.

16-avgustdagi festival mehmonlari:

Dj Bens

16-avgust kuni festivalda jahonga mashhur dijey, o‘zining “qaynoq” uslubi bilan ko‘pchilikni e’tiboriga tushib, hayratga solgan fransiyalik Dj Bens chiqishi kutilmoqda. U hip-hop oqshomiga BLING BLING HIP-HOP yo‘nalishidan keskin farq qilivchi yangilik olib kirishi kutilmoqda.

Dj Bens rezident sifatida olib borgan faoliyatidagi tajribasi, unga har qanday vaziyatga moslashish va umumiy musiqa yo‘nalishlarida dijeylik qilishni o‘rgangan. Dj Bens o‘ziga hos tarovati bilan har qanday oqshomning unitilmas mehmoniga aylanadi.

Rompasso

Rossiyalik mashhur didjey va prodyuser Roman Krilov chiqish qiladi. Rompasso’ning Angetenar taronasi YouTube’da 150 milliondan ortiq marotaba tinglangan. Shundan so‘ng, jahon musiqiy chartlarini uning Oxygen treki “portlatib” yubordi. 2019-yilda Rompasso yangi — Paradise deb nomlangan trekni taqdim qildi. Ma’lumot uchun, Rompasso‘ning treklari dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida mashhur.

Willy William

Willy William kelib chiqishi mavritaniyalik fransuzlardan bo‘lgan musiqachi, dijey, xonanda va bastakor. U Les Jumo, Will.I.Am, J Balvin, Dj Assad kabi ko‘plab mashhur san’atkorlar bilan hamkorlik qiladi. Uning “Ego” qo‘shig‘i Fransiya va Belgiyaning asosiy xit-paradlarining eng yaxshi kompozitsiyalari o‘nligiga kiritilgan. J Balvin bilan hamkorlikda yozilgan “Mi gente” qo‘shig‘i esa MTVning Video Music Award for Best Latin Video va Billboard Latin Music Award for Latin Rhythm Song of the Year mukofotini qo‘lga kiritgan.

17-avgust festival mehmonlari:

Mr. White

Mr. White sensatsion oqshomlarning timsoli va ajralmas qismiga aylanib, 2018-yildan DMFest’ning rasmiy rezidenti bo‘ldi. Niderlandiyalik dijey oq tusdagi oqshomlar qiroli hisoblanadi. Mr. White raqsbop musiqaning timsoliga aylangan.

Shapov

Raqsbop elektron musiqa olamida uning betakror sadosini butun dunyoda taniydi! Mahoratli prodyuser va katta tajribaga ega dijey Shapov Axwell va Armin van Buuren kabi afsonaviy ijodkorlar bilan ishlab, hamkorlikda treklar tayyorlamoqda. Dijey Ultra Music Festival, Tomorrowland, Electric Daisy Carnival, Sensation, Electric Zoo, Global Gathering kabi jahon miqyosidagi yirik sahnalarida chiqishlar qilgan!

Double Pleasure

Double Pleasure o‘zining ajoyib musiqasi bilan butun dunyo e’tiborini jalb qilgan iste’dodli dijeylar dueti. Yigitlar Tomorrowland Mainstage, Tomorrowland Brasil Mainstage, Tomorrowworld, Summerfestival Mainstage, Parookaville, Hï Ibiza, Pacha Barcelona kabi jahonning ko‘plab festivallarida e’tirofga sazovor bo‘lgan. Endi ular DMFest—2019 ishtirokchisiga aylanadi!

18-avgust festival mehmonlari:

CYGO

CYGO (Belarus) o‘zining “Panda E” treki bilan bor chartlarni “yorib yuborgan” belaruslik reper va shoir. U “Panda E”, “Ottepeli teper”, “Bolnoy na golovu”, “Psix bez neyo ne mojet” kabi qo‘shiqlarning ijrochisi hisoblandi. “Panda E” ko‘plab xit-paradlarda yetakchi o‘rinlarni egallab, ikki marotaba platina qo‘shiq maqomini olgan. Maqola yozilayotgan paytda Apple Music’da ijodkorning Cygo taronasi yetakchilik qilib, Shazam chartida to‘rtinchi o‘rinda borayotgandi. “Panda E” kompozitsiyasi 2018-yilda eng mashhur va eng ko‘p tinglanadigan qo‘shiqqa aylangan.

Quintino

Quintino (Netherlands) — niderlandiyalik dijey va musiqiy prodyuser. Elektron raqsbop musiqaning jahon miqyosidagi eng yaxshi ijrochilaridan biri! U Tiësto, Alvaro, R3hab, Hardwell, Dimitri Vegas & Like Mike, Steve Aoki kabi jahonga mashxur dijeylar bilan hamkorlik qilgan.

Quintino dunyo dijeylarining Top 100 DJs reytingida 25-o‘rinni egallab turibdi. Uning “Epic” hamda Sandro Silva taronalari platina qo‘shiq maqomini olgan.

So‘nggi ikki yil ichida Quintino’ning “Freak” taronasi 45 million marotaba ko‘rilib, “‘I Just Can‘t‘” xit-taronasi 80 million marotaba ko‘rilgan. Musiqachi jahon bo‘ylab o‘tkaziladigan elektron-raqsbop musiqa yo‘nalishidagi nufuzi yuqori va eng yirik festivallarning doimiy mehmoni hiosblanadi.