Vashingtonda o‘zbek raqs san’atini o‘rganish bo‘yicha uch kunlik dastur boshlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi binosida o‘tayotgan tadbirda Kolumbiya okrugi, Merilend, Virjiniya, Pensilvaniya, Nyu-York, Nyu-Jersi, Florida, Kentukki va boshqa shtatlardan kelgan 20 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Raqs saboqlarini o‘tkazish uchun Vashingtonga O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova keldi. U havaskorlar bilan ko‘p yillik tajribasini o‘rtoqlashmoqda.

Dastur doirasida milliy raqslarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish, doira chalish bo‘yicha saboqlar, o‘zbek xalqi tarixi va madaniyatiga oid seminarlar ko‘zda tutilgan.