• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    G‘uzorda “ZIL” haydovchisi aybi bilan uyi yongan nogiron zarar qoplanmayotganidan shikoyat qilmoqda

    6-avgust kuni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani “Yakkadaraxt” MFY Buton qishlog‘i ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “ZIL” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgani, oqibatda yong‘in xonadonlardan birining tom qismiga ham o‘tgani ma’lum qilingandi. Yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon egasi Sofiya Zikrillayeva “Daryo”ga murojaat qilib, yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar qoplanmayotgani, mutasaddilar bunga e’tibor bermayotganidan shikoyat qildi.

    Foto: Telegram

    Sofiya Zikrillayevaning ta’kidlashicha, o‘sha mash’um voqea yuz bergan paytda u uyida bo‘lgan.

    Sofiya Zikrillayeva.

    Sofiya Zikrillayeva.
    Foto: “Daryo”

    — 6-avgust kuni soat chamasi 14:00 larda shovqin-suron boshlandi, — deydi Sofiya Zikrillayeva. – Issiq havo sababli lanj bo‘lib, ko‘zim ilingan ekan. Shovqindan uyg‘onib ketdim va derazadan qaradim. Tashqarida yuk mashinasi ko‘ringach, mol bozoriga mol olib kelganlarning mashinasi bo‘lsa kerak degan xayol o‘tdi. Shunda darvozam taqilladi. Qarasam, qo‘shnilarim. “Uyingdan chiq, yonayapti”, deyishdi. Qo‘rqib ketdim. Ko‘chaga otildim. Qarasam, uyim yonyapti. Haydovchi esa nima qilarini bilmay, u yoqdan buyoqqa qarab chopadi.

    Sofiya Zikrillayevaning yongan uyi.

    Sofiya Zikrillayevaning yongan uyi.
    Foto: “Daryo”

    Yong‘in sodir bo‘lgan joy. Yuk mashinasi kelib urilgan somonxona.

    Yong‘in sodir bo‘lgan joy. Yuk mashinasi kelib urilgan somonxona.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi Rafayel Rasulov boshqaruvidagi “ZIL” yuk mashinasi ustiga me’yoridan ortiq somon presslar ortilgach, avtomobil harakati davomida elektr simlariga tekkan. Natijada qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in chiqqan.

    Yonib ketgan “ZIL”.

    Yonib ketgan “ZIL”.
    Foto: “Daryo”

    — Yuk avtomobiliga haddan ortiq ko‘p ortilgan somon presslar elektr simlariga tegib, yona boshlagach ko‘rganlar “ZIL” haydovchisini ogohlantirgan, — deydi “Yakkadaraxt” MFY raisi Jonimqul Kenjayev. – Haydovchi somon presslarning ustki qismidagi yonayotgan presslarni yerga tushirgan. O‘tgan-qaytganlar “ol buni” deyishgach, yonayotgan somon presslarni chetga olguncha olov kiyimiga ham o‘tgan. “Zil” bortidagi somon presslar tobora kuchliroq yona boshlagan. Haydovchining kiyimi ham yona boshlagach, mashinani boshqarishga qiynalgan. Qolaversa, mashinada o‘rnatilgan gaz ballon portlashidan qo‘rqib, mashina rulini tashlab qochgan. Oqibatda mashina boshqaruvni yo‘qotib, Sofiya Zikrillayevaning somonxonasiga borib urilgan. Va yonishda davom etgan.

    Yonib ketgan “ZIL”.

    Yonib ketgan “ZIL”.
    Foto: “Daryo”

    MFY raisining aytishicha, bu paytda Sofiya Zikrillayeva somonxonasida ham somon presslar bo‘lgan. Yuk mashinasi ustidagi somon presslar va somonxonadagi somon presslar qo‘shilib, dahshatli yong‘in chiqqan.

    Yonib ketgan somonxona.

    Yonib ketgan somonxona.
    Foto: “Daryo”

    — Sofiya Zikrillayeva somonxonasidagi somon presslar va yuk mashinasidagi somon presslar birikib, dahshatli olov paydo bo‘lgan, — deydi Jonimqul Kenjayev. – Yarim soatda yetib kelgan yong‘in xavfsizligi xodimlari olovni 2 soat deganda o‘chirdi. Xayriyatki, hech kimga hech narsa qilmagan.

    Jonimqul Kenjayev.

    Jonimqul Kenjayev.
    Foto: “Daryo”

    Uyi yona boshlaganini ko‘rgan Sofiya Zikrillayeva yordam so‘rab to‘rt tomonga chopadi. O‘zi harakatlanishda qiynalsa-da, chor atrofga yuguradi. Haydovchiga mashinani olishini, uyi yonayotganini aytib baqiradi. Natijada tobi qochib, tez yordam mashinasi keladi. Qolgani esida yo‘q. Boisi Sofiya Zikrillayeva hushini yo‘qotgandi.

    Sofiya Zikrillayevaning eslashicha, u 4–5-sinflarda tahsil olib yurgan kezlari eshak sudrab ketishi natijasida oyog‘i jarohatlangan. E’tibor berilmagach, jarohat vaqti kelib o‘z so‘zini aytadi. Sofiya Zikrillayeva oyoqlaridagi jarohat sabab oqsoqlanib yuradigan bo‘lib qoladi.

    — Otam-onam, jigarlarimdan yolg‘iz qoldim, — deydi Sofiya Zikrillayeva. – Yakka-yu yagonam jiyanim bor. Kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopadi deganlaridek, hali ta’miri tugamagan uyim yonib, kul bo‘ldi. Yordam so‘rab, adolatning tiklanishidan umid qilib tuman hokimi qabuliga bordim. Hokim hatto meni eshitishni ham istamadi. To‘g‘ri, yong‘in bo‘lgan kunining ertasiga tuman hokimi boshchiligida vakillar kelishgandi. Yordam beramiz deyishdi. O‘rganishni boshlashdi. Ammo to‘rt–besh kun o‘tgach, jim bo‘lib ketishdi. Hech kim e’tibor bermayapti. Uyim shu holatda qolib ketishidan qo‘rqyapman. Shuning uchun ham tuman hokimidan umid qilib borgandim.

    Sofiya Zikrillayevaning yongan uyi.

    Sofiya Zikrillayevaning yongan uyi.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Sofiya Zikrillayeva hududdagi 12-sonli umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinflarga dars berib keladi. Uyda yolg‘iz yashaydi.

    “Yakkadaraxt” MFY raisi Jonimqul Kenjayevning ma’lumot berishicha, Sofiya Zikrillayevaga tuman hokimi o‘z oyligidan 500 ming so‘m yordam bergan. Sug‘urta kompaniyasi esa 4 million 200 ming so‘m to‘lab berishini ma’lum qilgan. Rais buva shuningdek, mahalla ahli ham bu vaziyatda jim qarab turmasligini, pul yig‘ib yordam berajagini ma’lum qildi. Ammo qachonligi noma’lum.

    14.08.2019, 13:40   Izoh (0)   29743
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuvga izoh berdi (video)

    14.08.2019, 12:38

    Bir hafta davomida onlayn auksion orqali sotilgan avtoraqamlar qiymati 2,5 mlrd so‘mni tashkil etdi

    14.08.2019, 12:23

    Samarqandda bog‘cha qozonida “qaynayotgan” gul boshqa joyga ko‘chirildi

    14.08.2019, 11:32

    Yashnobod tumanidagi xonadonlar kranidan iflos suv tushmoqda (video)

    14.08.2019, 11:08

    IIV o‘zini bloger deb iddao qilgan ayolning Facebook’dagi videosiga munosabat bildirdi

    14.08.2019, 10:55

    “Uzavtosavdo”: Rasmiy dilerlarda UzAuto Motors’ning barcha rang va komplektatsiyadagi avtomobillari uchun shartnoma mavjud

    14.08.2019, 10:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.