Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugungi kunda O‘zbekistonda litsenziyaga ega 61 ta xususiy bandlik agentliklari faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Norma

Foto: Norma

Ulardan ayrimlari tomonidan fuqarolarni ishga joylash borasida xizmatlar ko‘rsatilishi uchun oldindan 100 foiz to‘lovlarni amalga oshirish talab etilmoqda va undirilgan to‘lovlar evaziga xizmatlar ko‘rsatilmay qolmoqda.

Mazkur agentliklardan to‘langan mablag‘larni qaytarish talab etilganda, ushbu mablag‘lar qaytarilmayapti yoki xizmatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsada, mablag‘larning ma’lum bir qismi asossiz ushlab qolinmoqda.

Shu sababli “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunining 20-moddasi hamda hukumat qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, vazirlik tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida ayrim xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini tekshirish rejalashtirmoqda.

Tekshirish yakuni bo‘yicha qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan agentliklarning litsenziyasini to‘xtatish, tugatish, bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Nizom va bitim talablarini buzgan agentliklar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar va ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Ushbu xabarga tekshirish o‘tkazilishi rejalashtirilgan xususiy bandlik agentliklari ro‘yxati ilova qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?