Qo‘shrabot tumani hokimligi 10-avgust kuni e’lon qilingan “Bog‘cha qozonida gul “qaynatiladimi?” sarlavhali tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.
Maqolada Qo‘shrabot tumanidagi 4-son maktabgacha ta’lim muassasasidagi tartibsizliklar, bolalar hayoti uchun xavfli holatlar mavjudligi haqida so‘z borgandi.
Ma’lum qilinishicha, tuman hokimligi tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilib, muammolar o‘rganilgan. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilib, maktabgacha ta’lim muassasasi va uning atrofidagi mavjud muammolar bartaraf etilgan.
Bog‘cha hovlisi obodonlashtirilgan, shuningdek, quduq va yerto‘la atrofi chiqindilardan tozalanib, bolalar xavfsizligi ta’minlangan. Bino ichkarisi ham tartibga keltirilib, eshiklarning ta’mirtalab tutqichlari, derazalarning singan oynalari almashtirilgan.
Izoh (0)