Avvalroq poytaxtning Chilonzor 17-mavzesida qurilish kompaniyasi vakili va mahalliy aholi vakillari o‘rtasida nizo kelib chiqqani, oqibatda keksa ayol hushidan ketgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: YouTube

Toshkent shahri hokimligi saytida ushbu mojaroni boshqa tomondan ko‘rsatuvchi video joylashtirilgan. Videoda qurilish kompaniyasi vakili hududda ko‘p qavatli uylar, bolalar maydonchasi, yashil xiyobon, avtoturargoh barpo etilishi, shuningdek, kesilgan daraxtlar o‘rniga ortig‘i bilan yangi daraxtlar ekilishini ma’lum qilgan.