Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvadan “Sheremetevo—Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.A. Samarqand xalqaro aeroportida “Yashil yo‘lak”dan o‘tayotganida bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan. Unga tegishli yuk xaltasi xolislar ishtirokida tekshirilganda fuqaroning sumkasida umumiy qiymati 8 million so‘mdan ziyod bo‘lgan 62 dona atir mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu haqda Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi deb yozadi Zarnews.

Foto: Zarnews

Foto: Zarnews

Ma’lum qilinicha sud majlisida fuqaro A.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan huquqbuzarlik sodir qilgan, deb topildi va eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Noqonuniy keltirilgan atir mahsulotlari esa tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilingan.

“Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartib-qoidaga ko‘ra, jismoniy shaxslar bojxona chegaralari orqali 3 donadan ko‘p bo‘lmagan atir va ifor taratuvchi suvlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishi mumkin”,—deb yoziladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi