11-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 1-turining markaziy o‘yinida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da Frenk Lempard boshqaruviga o‘tgan Londonning “Chelsi” klubini qabul qildi.

Foto: Twitter/@ManUtd

Uchrashuv davomida “mankunianlar” hujumchisi Markus Reshford dublga erishgan bo‘lsa (18—penalti, 67), Antoni Marsial (65) hamda Deniel Jeyms (81) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Frenk Lempard “Chelsi” murabbiyligida Premyer ligada debyut uchrashuvidayoq “Manchester Yunayted”ga yirik 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

1-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

1-tur bahsi

“Manchester Yunayted”—“Chelsi” 4:0

Gollar: 1:0 – 18, penalti Reshford, 2:0 – 65 Marsial, 3:0 – 67 Reshford, 4:0 – 81 Jeyms.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Uan-Bissaka, Maguayr, Shou, Pogba, Lingard (Mata, 86), Maktominay, Pereyra (Jeyms, 74), Marsial, Reshford (Grinvud, 86)

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Emerson, Kristensen, Maunt, Barkli (Pulishich, 58), Jorjinyo (Kante, 73), Kovachich, Pedro, Abraham (Jiru, 66)

Ogohlantirishlar: Zuma (36), Lingard (48), Jorjinyo (52), Abraham (57), Lindelyof (69), Marsial (80), Kante (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!