Bo‘linib ketgan “Ummon” guruhining yakkaxon xonandasi sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Foto: Instagram / @shoxrux_ummon_

Suhbat davomida Shohruh “Ummon” guruhining bo‘linib ketishiga pul sabab bo‘lmagani, guruhda boshqalarga nisbatan Zohid ko‘proq mehnat qilishi va ko‘proq pul olishi haqida gapirib berdi.

Har doim mehnatga yarasha pul olish kerak. Zohid bizdan ko‘proq pul olardi. O‘zining she’ri, musiqasi va ijrosi uchun internet tarmoqlardagi qo‘shiqlarimizni yuklab olishlardan tushgan puldan bizdan ko‘p haq olardi. Lekin to‘y xizmatlaridan tushadigan pul 3 ga bo‘lingan. Pulni deb san-manga bormaganmiz. Bo‘linib ketishimizga ham pul sabab bo‘lmagan. Chunki hamma olayotgan pulidan rozi edi.

Shohrux, “Ummon” guruhi yakkaxoni