Joriy yilning 30-iyun kuni 05:25 larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani hududidan o‘tuvchi “Nukus—Aqmang‘it—Kegeyli” yo‘lida haydab ketayotib piyoda, Nukus tumanida yashagan 35 yoshli J.B.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Natijada piyoda J.B. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 1-iyul kuni vafot etgan, deb ma’lum qiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Nukus tumanida yashovchi 34 yoshli T.A. “VAZ-2101” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)