Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerika Harbiy havo kuchlariga qarashli Boeing RC-135V Rivet Joint radioelektron razvedka samolyoti Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida razvedka ishlarini amalga oshirdi, deb xabar beradi Sputnik.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Havo kemasi amerika bazasidan uchib, Rossiyaning g‘arbiy qismi tomon yo‘nalish olgan. Moskva vaqti bilan 10:55 da samolyotni Kaliningrad chegarasi yaqinida payqashgan. Oradan uch soat o‘tib, Boeing ortiga qaytgan.

Kaliningrad viloyatiga shved razvedkachi-samolyoti ham juda yaqin kelgan. PlaneRadar ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemasi Boltiq dengizi akvatoriyasida razvedkani amalga oshirayotib, Rossiya chegarasi yaqinidan uchib o‘tgan.

So‘nggi vaqtlarda chet el uchuvchisiz uchish qurilmalari va razvedkachi-samolyotlari Rossiya chegarasida tez-tez paydo bo‘la boshladilar. Ularni Qora dengiz, Kaliningrad viloyati yaqini, shuningdek, Suriyadagi Rossiya bazalari yaqinida payqashmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiriqlariga qaramay, Vashington Rossiya sarhadlarida razvedkaga oid operatsiyalarni to‘xtatishdan bosh tortmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi