Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

30-iyul kuni o‘tkazilgan xalq deputatlari Samarqand tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Foto: Zarnews

Foto: Zarnews

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26-iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida vazifasidan ozod etilgan Shuhrat Jamolov o‘rniga Mavlonov Nosir Mamarasulovich Samarqand tumani hokimi etib tasdiqlandi.

1971-yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan N.Mavlonov 1996-yildan buyon soliq idoralarida faoliyat ko‘rsatgan. Shu paytgacha Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, Samarqand tumanida islohotlarning borishini tanqidiy tahlil qildi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj