Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Sochlar barchada to‘kiladi. Aslida har bir sog‘lom insonda kuniga 50 tadan 100 tagacha soch tolasi to‘kiladi. Bunday jarayon hamma insonlarda normal hisoblanib kasallikgacha olib kelmaydi chunki to‘kilgan soch tolalari o‘rnini yangi sochlar tez orada o‘sib chiqib egallaydi. Ammo patologik soch to‘kilishi ham mavjud bo‘lib, bu jarayonda to‘kilgan soch tolalari qayta tiklanmaydi.

Bu haqida batafsil bilsak bo‘ladimi?

Ha, albatta. Patologik soch to‘kilishining eng ko‘p tarqalgan turi androgen allopesiya deb ataladi. U ayollarda ham erkaklarda ham uchraydi, lekin bu jarayon har xil bo‘ladi. Ko‘pchilikda soch to‘kilish jarayoni peshona qismini tepasidan boshlanib asta sekin yuqori bosh qismlarida davom etadi. Vaqt o‘tishi bilan sochlar boshning frontal-parietal zonasiga qaytadi va otning tuyog‘i kabi “M” harfidagi shaklni paydo qiladi. Ayollarda androgenik allopesiya, odatda, markaziy qism zonasida sochlarning ingichkalashiga (kam hollarda tamoman yo‘qotilishiga) olib keladi. Va rasmdagi kabi holat paydo bo‘ladi.

Allopesiyani boshqa ya’ni O‘choqli Allopesiya kabi turi ham mavjud. Bu ma’lum bir hududda – to‘satdan va keskin ravishda bosh yoki yuz qismidagi sochlarni to‘kilishiga sabab bo‘ladi.

Allopesiyaning yuzaga kelish sabablari nima?

Androgenik va o‘choqli allopesiyalar turli xil ravishda yuzaga keladi va Tibbiyot bu turdagi kasallik haqida to‘liq bilimga ega emas. Birinchi o‘rinda irsiyat muhim ro‘l o‘ynaydi. Fokal allopesiya bu tananing immuniteti qandaydir sabablarga ko‘ra (tibbiyotda bu hali to‘liq aniqlanmagan) soch follikulalariga hujum qilganligi uchun sodir bo‘ladigan jarayondir. Biroq, ko‘pchilik fokal allopesiyadan aziyat chekayotganlarda sochlar oxir-oqibat yana qaytadan o‘sib chiqadi. Va bu tez-tez sodir bo‘ladi — xuddi soch to‘kilgani kabi.Davolash har doim ham talab qilinmaydi, ammo shifokor maslahati bilan uy sharoitida samarali davolanishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu zuluk ekstrakti va kofein qo‘shilgan Biokon shampuni va Minox bo‘lib, ishlab chiqaruvchi Ukraina, ta’sir etuvchi modda – Minoksidin).

Allopesiyani qanday davolasa bo‘ladi?

Buning uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur. Birinchi bo‘lib, terapevtga murojaat qilish kerak va u dermatologga yoki trixologga yo‘nalish berishi mumkin (dermatolog soch va bosh terisi salomatligiga ixtisoslashgan shifokor hisoblanadi). Ushbu mutaxasislar sizga nega sochingiz to‘kilayotganini aniqlashingizga yordam bera olishadi.Ha, soch to‘kilishi og‘riqsiz jarayondir va o‘z-o‘zidan kasallikka olib kelmaydi, ammo bu kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Yoqadimi yoki yo‘qmi, shifokor kasallik sababini tadqiqot yordamida aniqlashi kerak bo‘ladi.

Agar sochlar butunlay to‘kilib ketgan bo‘lsa, unda shifokorga murojaat qilish foydasizmi?

Yo‘q, mutaxassisga albatta murojaat qiling. Keskin va to‘liq soch to‘kilishi jiddiy davolanishni talab qiladigan kasallik haqida signal berishi mumkin. Shifokorlar zudlik bilan zuluk va kofein ekstrakti qo‘shilgan Biokon shampuni bilan davolanishni boshlashni, undan keyin Minox vositasidan foydalanishni maslahat berishadi, chunki bu ikki mahsulot sochlarni davolashda uzoq vaqtdan beri samarali bo‘lib, yaxshi natijalarga olib kelmoqda.

Ammo shifokorlar sochni yana o‘zini joyiga qaytib yopishtirb qo‘ya olmaydi albatta…

Yo‘q, buning iloji yo‘q. Lekin, tanlangan muolaja turi zuluk va kofein ekstrakti qo‘shilgan Biokon shampuni va Minox vositasi yordamida yo‘qotilgan sochlarni qayta tiklaydi va sog’lom sochlarni o‘sib chiqishiga faol yordam ko‘rsatadi. Ular soch follikulalarining o‘sish fazasini uzaytirib, soch o‘sishini rag‘batlantiradi va follikullarning ishlashini osonlashtiradi. Bunday vositaning natijasini ko‘rish uchun uni kamida olti oy davomida uzluksiz qo‘llash kerak. Odatda sochlar 3-4 haftadan so‘ng kamroq to‘kilishni boshlaydi va deyarli 3-5 oydan so‘ng faol o‘sishni boshlaydi.

Nima qilish kerak?

Muhimi shundaki, o‘zingizda bu kasallik belgilarini sezsangiz darhol kasallikka qarshi muolaja va davo choralarini qo‘llashni boshlang! Chunki kasallik kuchaysa, keyinchalik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.Agar sochlar jadallik bilan to‘kilsa, aslo umidsizlikka tushmang. Barchasini avvalgi holatiga qaytarish imkoni hali ham mavjud.Buning uchun siz birinchi navbatda o‘z shampuningizni o‘zgartirishingiz zarur.Biz sizga soch to‘kilishiga qarshi zuluk va kofein ekstraktli maxsus Biokon shampuni bilan Minox losyonini birgalikda ishlatishni tavsiya qilamiz.

Qayerdan sotib olish mumkin?Biokon shampuni va Minox losyonini barcha OxyMed hamda 999 dorixonalaridan sotib olishingiz mumkin.

Facebook, “Odnoklassniki”, InstagramTelegram

Telegram buyurtma: Telegram

Reklama huquqi asosida!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi