• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Milliy tiklanish” partiyasida keskin o‘zgarishlar kutilmoqda

    O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan Namangan shahridagi Yoshlar markazida partiya Dasturi hamda partiyaning 2020—2025 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi platformasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan debat o‘tkazildi.

    Unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, hududiy partiya tashkilotlari vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, ekspertlar, siyosatshunos olimlar, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

    Debatda partiyaning amaldagi dasturi, saylovoldi platformasi xususida tanqidiy-tahliliy fikr-mulohazalar bildirildi. Partiya hujjatlarida bugungi kun uchun nihoyatda muhim bo‘lgan vazifalar aks etishi lozimligi va ular elektorat manfaatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

    Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zMTDP faoli Minhojiddin Mirzo partiya platformasi loyihasi ustida hali ko‘p ishlash kerakligini ta’kidlab, dasturda balandparvoz gaplardan qochgan holda, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalalar yechimini ilgari surishni taklif etdi. Partiya dasturida ma’naviy tiklanishdan ma’naviy yuksalishga erishishning aniq mexanizmlari aks etishi kerakligini ta’kidladi.

    Debatda so‘z olgan O‘zMTDP faoli Rahimboy Jumaniyozov “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” shioriga ta’rif berar ekan, yuksalish bu cho‘qqi, cho‘qqiga chiqish uchun esa bilim va ma’rifat zarurligini qayd etib, bu borada o‘z takliflarini bildirdi.

    Debatda partiya faollarini qiziqtirgan keskin va keskir savollarga partiya yetakchisi Alisher Qodirov hamda partiya raisi o‘rinbosarlari Nodirjon Muxtorov va Feruza Muxamedjanovalar atroflicha javoblar qaytardilar.

    Hamidjon Omonov,O‘zMTDP Andijon viloyat kengashi raisi:— Achchiq bo‘lsa-da, tan olishimiz kerak, odamlarning siyosiy partiyalarga ishonchi ijobiy emas. Chunki biz oldin aholining qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdik. Tadbirlarda balandparvoz gaplardan nariga o‘tmadik. Shu vaziyatda bugun qanday qilib odamlarni boshqa partiyalardan farqli o‘laroq “Milliy tiklanish” partiyasiga qiziqtiramiz? Bu borada aniq strategiyalar mavjudmi?

    Alisher Qodirov,O‘zMTDP Markaziy kengashi raisi:— To‘g‘ri, mustaqillik milliy o‘zligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, insoniy qadr-qimmatimizni qayta uyg‘otdi, ona tilimizni, dinimizni, qadriyat va an’analarimizni qaytarib berdi. Qadimiy tariximiz, milliy davlatchiligimiz tiklandi. Bu, bo‘ldi milliy tiklanish g‘oyasi endi bizga kerak emas, degan tushunchani bermaydi. Milliy tiklanish deganda partiya milliy o‘zlik tuyg‘usining uyg‘onishi va tobora mustahkamlanib borishini tushunadi. Milliy o‘zlikni anglash mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi, milliy ong insonda Vatanga muhabbat his-tuyg‘usini oshirishda, har tomonlama komil inson shaxsini tarbiyalashda bebaho ichki omildir.

    Milliy o‘zlikni anglash tarixni o‘rganishdan boshlanadi. Tarixni bilmasdan turib inson o‘zligini topishi amri maholdir. O‘zining milliy davlatchilik, milliy madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotining tarixiy tajribasini o‘zlashtirmagan xalq milliy tiklanishga qodir emas. Milliy o‘zlikni anglash va milliy tiklanish orqali biz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda oldimizda turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal eta olamiz.

    Iqbol Holiqov,Xalq deputatlari Pop tuman kengashiga O‘zMTDPdan saylangan deputat:— Yoshlar bizning davomchilarimiz. Bugun ularni qanday tarbiyalasak, millatimiz kelajagi xuddi shunday namoyon bo‘ladi. Yoshlar tarbiyasida ayni damda ota-ona, mahalla, ta’lim dargohi va ichki ishlar organlari o‘rtasida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Yoshlar tarbiyasiga o‘zi aslida kim mas’ul, degan savol bugun ko‘ndalang turganda partiyaning pozitsiyasi qanaqa? Ushbu masala partiyaning yangi saylovoldi dasturida aks etganmi?

    Alisher Qodirov,O‘zMTDP Markaziy kengashi raisi:— Bu savolga partiyamiz javobi tayyor. Farzand tarbiyasiga, avvalo, oila mas’ul. Qachongacha biz maktabgacha ta’limda, maktab, kollej va oliy ta’limda yoshlarga tarbiya beramiz. Bu dargohlarning asosiy maqsadi aslida ta’lim berish emasmi?

    Ta’lim muassasalarida ta’lim berilishi zarur, tarbiya emas. Bizda esa afsuski, ko‘p vaqtimiz tarbiya berishga ketib qolmoqda. Ilm-fan rivojlanishiga to‘siq bo‘lib turgan muhim omillardan biri ham shunda.

    Yangi saylovoldi platformada ham yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar bilan ishlash alohida e’tiborni talab etadi. Partiyamiz ularni kadrlar zahirasini shakllantirish jarayoniga jalb qilish, malakasini oshirish orqali hamda ularni partiya faollari sifatida davlat xizmatiga ilgari surish bilan ularga “ijtimoiy lift”ni ta’minlashi zarur.

    Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishni jamiyatda kitobga va mutolaaga mehrni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Yoshlar haqida gap borganda, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga, xususan, har bir tumanda kichik sport zallarini barpo etish orqali jalb qilish, istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish samarali tizimini yaratish, mamlakatda professional, ommaviy sport, shu jumladan, o‘yin va qishki turlari, xalq o‘yinlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga urg‘u berish zarur.

    Farhod Badalboyev,O‘zMTDP Quva shahar kengashi raisi:— Siyosiy partiyalar xodimlari partiya ishida toblanishi, shundan so‘ng davlat organlari va hokimliklar tizimidagi turli lavozimlarga, jumladan, deputatlik lavozimlariga asosiy zaxira bo‘lishlari lozim. Ayni damda partiya tizimida ushbu mexanizm ishlayaptimi? Shuningdek, partiyaning kadrlar zaxirasi  bugungi kun talablariga qanchalik javob bera oladi?

    Nodirjon Muxtorov,O‘zMTDP Markaziy kengashi raisining tashkiliy-partiyaviy va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:— Biz barcha darajadagi davlat boshqaruv organlarining rahbar lavozimlariga zaxira kadrlar ro‘yxatini shakllantirdik. O‘tgan davr mobaynida partiya xodimlari orasidan 89 nafari turli darajadagi davlat boshqaruv organlari rahbar lavozimlariga ishga o‘tkazildi. Shuningdek, joriy yilning dekabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyatlar, shahar va tuman kengashlari deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda partiya tizimida faoliyat olib borayotgan bir qator xodimlar nomzodini ilgari surishni mo‘ljallab qo‘yganmiz.

    Muattar Akbarova,O‘zMTDP Farg‘ona viloyat kengashi devoni bosh mutaxassisi:— Oliy Majlis Senatning yigirmanchi yalpi majlisida mamlakatimizda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Prezidentimizning ushbu nutqlarida belgilangan vazifalar partiya “Ayollar qanoti”ning kelgusi faoliyatida qay darajada aks etadi. Yoki “Eski hammom, eski tos” qabilida partiya o‘z ishini davom ettiradimi?

    Feruza Muxamedjanova,O‘zMTDP Markaziy kengashi raisining xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:— Yo‘q albatta, Senatning yigirmanchi yalpi majlisidan so‘ng, partiya Markaziy kengashi va hududiy partiya tashkilotlari o‘rtasida xotin-qizlar ishtirokida videoselektor shaklida seminar tashkil etdik. Unda davlatimiz rahbarining nutqlari mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi.

    Partiya tizimida xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.Tadbirda o‘rtaga tashlangan shu kabi savollar, bildirilgan takliflar asosida partiya saylovoldi platformasini yanada mukammal holga keltirish, bu kabi debatlarni boshqa hududlarda ham o‘tkazishga kelishib olindi.

    O‘zMTDP Markaziy kengashi axborot xizmati

    Reklama huquqi asosida.

    29.07.2019, 15:00   Izoh (0)   21967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yoz oyida badbo‘y hid, kuchli terlashga qarshi oddiygina tavsiyalar

    29.07.2019, 12:00

    Modern Stroy kompaniyasidan “Uchta nol” aksiyasi: 0% li boshlang‘ich va muddatli to‘lov hamda “bepul” propiska!

    29.07.2019, 09:00

    Sharda Group misli ko‘rilmagan 23 yillik mukammal safar

    27.07.2019, 18:00

    West Camp — bolalar uchun shunchaki hordiq emas, haqiqiy sarguzasht makoni!

    27.07.2019, 15:00

    Hech qanday kirish imtihonlarisiz, suhbat asosida grantda o‘qish imkoniyati bormi?

    26.07.2019, 18:00

    BEKO sovutgichlari oziq-ovqat mahsulotlarining yangiday saqlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi

    26.07.2019, 15:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.