“Tanka” badiiy filmining rejissori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toreniyaz Qalimbetov vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino“ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Qalimbetov Toreniyaz Оumabayevich, 1954-yil 19-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida, ishchi oilasida tug‘ilgan, 1976-yili Toshkent madaniyat institutini rejissorlik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

T.Qalimbetov “Qozoqfilm”da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasida, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida va “Qoraqalpoqkino” agentligida rejissorlik va turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

T.Qalimbetov rejissor sifatida 30 ga yaqin badiiy va hujjatli filmlar yaratgan va turli kinofestivallarda munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Rejissorning eng mashhur filmlari qatorida 2002-yilda suratga olgan, “Tanka” badiiy filmini olish mumkin.