Afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer Menni Pakyao (62 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 39 ta nokaut) va Kit Turman (29 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 22 ta nokaut) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Jang meni ajablantirmadi. Nimani kutgan edingiz? Axir bu Menni Pakyao”, — dedi Meyvezer.
Eslatib o‘tamiz, WBA Regular kamari sohibi filippinlik Menni Pakyao (61 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 39 ta nokaut) 21-iyul tongida Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta vazn chempioni Kit Turmanga (29 ta g‘alaba, 22 nokaut) qarshi ringga ko‘tarilib, uni ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)