Pauerlifting hamda yotib tosh ko‘tarish bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgan olmaotalik Darya Nesterova 17 tonnalik yuk mashinasini 30 soniya sudradi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Qiz nafaqat mushakdorligi, balki noan’anaviy usulda kuch qo‘llash talab qilinadigan sportdagi yutuqlari bilan ham mashhurdir. Masalan, u 7 tonnalik yo‘ltanlamas mashinasini, 50 nafar yo‘lovchisi bor tramvayni joyidan siljitishi hech gapmas. Shu sababli 17 tonnalik yuk mashinasini sudrash unga qiyin masala emas.

“Men o‘zimni bosishga harakat qildim, lekin trek-pulga bo‘lgan mehrim barchasini yengib o‘tdi”, — deydi qizning o‘zi.