AQShning Oklahoma shtatida 48 yoshli Kori Atchison 16-iyul kuni aybsizligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng ozodlikka chiqarildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. U Talsa shahrida Jeym Leynni o‘ldirganlikda ayblanib, 1990-yilning avgustida qamoqqa olingan edi.
Kori Atchison buning uchun hech kimdan xafa emasligini, hayot shundoq ham qisqa ekanligini aytgan. U kichkina nevarasi borligini, unga ko‘p narsalarni o‘rgatishi kerakligini ta’kidlagan.
Sud qarorida politsiya avvaldan Atchisonning jinoyatga aloqadorligini ko‘rsatuvchi hech qanday dalillar topmaganini, faqat guvohlarning so‘zlari asosida ayblov qo‘yilgani qayd etilgan. Sudya, shuningdek, ayblovning asosiy guvohi yolg‘on guvohlik berishga majbur qilinganiga ham ishonch bildirgan.
Qayd etilishicha, umumiy hisobda bir necha guvohlar o‘z ko‘rsatmalaridan tongan va ularga bosim o‘tkazilganini aytgan. Shuningdek haqiqiy jinoyatchini ko‘rgan guvohlar ham topilgan.
Izoh (0)