Go‘zallik tanlovi ishtirokchisi bo‘lgan musulmon qiz Oysha Xon noodatiy cho‘milish kiyimi tanlagani bilan “Miss Angliya” tanlovi hay’at a’zolarini hayron qoldirdi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u ochiq cho‘milish kiyimini kiyishni xohlamay, uning o‘rniga gidrokostyumni tanlagan. Qiz unda suratga tushgan va final bosqichiga chiqqan 20 talikdan o‘rin olgan.
Xonning o‘zi buni diniy qarashlar sababli emas, qulayligi uchun tanlaganini, ochiq kiyimda o‘zini noqulay sezishini aytgan.
“Men butun tanlov davomida o‘zimga sodiq qolib, axloqiy qadriyatlarimga zid keluvchi hech nima qilmaganimdan faxrlanaman” — deb ta’kidlagan qiz.
Izoh (0)