Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yil 16—22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga qo‘shni Turkmaniston orqali Erondan issiq havo oqimi kirib kelishi sababli joylarda harorat 44-45 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Buning natijasida Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlariga sel oqimlarining o‘tish ehtimoli mavjud. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Bu esa o‘z navbatida mamlakatdagi daryolardagi suv hajmining sezilarli ko‘payishiga olib keladi. Xususan, o‘tgan yillar bilan taqqoslaganda Samarqand viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon, Qoradaryo va Oqdaryo daryolarida ham suv hajmi nisbatan oshganligini kuzatish mumkin.

Kutilayotgan issiq kunlarni betalofat o‘tkazish maqsadida Samarqand viloyatida ham tegishli amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Daryolar qirg‘oqlari, ko‘priklarni mustahkamlash, muhofaza zonasida joylashib qolgan obyektlarni aniqlab bartaraf etish, himoya dambalarining xavfsizligini ta’minlash shular jumlasidandir.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Ayni vaqtda Zarafshon daryosining Jomboy tumani qo‘riqxona hududidagi himoya dambasini mustahkamlash bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, viloyat va Jomboy tuman hokimligi, Zarafshon magistral suvlardan foydalanish boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy muhandislik ishlari olib borilmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Mazkur tadbirlarga jami 184 nafar ishchi-xodim, shuningdek, 60 ga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova