Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nashrimizda 17-iyul kuni chop etilgan “Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi” nomli material bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, maqolada keltirilgan holatlar qisman o‘z tasdig‘ini topdi. Jumladan, Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mutasaddi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori talablariga rioya qilinmaganligi va ijrosi ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Xizmat tekshiruvi natijalari 20-iyul kuni ushbu markazda muhokama qilindi. Yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, vazir o‘rinbosarlari, ishchi guruhi a’zolari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari ishtirok etdi.

Xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘iga “hayfsan” jazosi tayinlanishi, viloyat davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori, Davlat mehnat huquq inspektori, haq to‘lanadigan jamoat ishlari bo‘yicha sho‘’ba boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi