Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6 ta jang, 6 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) 24-iyul kuni o‘zining 7-jangini o‘tkazadi.
GoSport’ning xabar berishicha, Moskvadagi “Korston klub“ arenasida bo‘lib o‘tadigan jangda Bahodirga ukrainalik German Skobenko (5 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 2 ta nokaut) raqiblik qiladi. Jang 8 raunddan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov bunga qadar, so‘nggi marta joriy yilning 10-aprel kuni AQShda Brendan Barrettga (7 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 5 ta nokaut) qarshi jangda g‘alaba qozonib, NABF Junior Heavyweight Title chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)