Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali ochilishini viloyat jamoatchiligi katta mamnuniyat bilan qarshi oldi, bu haqda O‘zA xabar qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ayni paytda mamlakat yetakchi oliy ta’lim muassasasining filiali uchun zarur sharoit yaratishda viloyat hokimligi va jamoatchilik yaqindan ko‘maklashmoqda. Eng avvalo, filial ta’lim standartlariga javob beradigan bino bilan ta’minlandi. Muassasa uchun Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejining shahar markazida joylashgan zamonaviy binosi tanlanishi birinchi katta qulaylik bo‘ldi.

Eng muhimi, filialga hujjat topshirib, talabalik baxtiga musharraf bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun viloyat hokimi tomonidan qator imtiyoz va rag‘batlar joriy etilmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida to‘liq “5” bahoga o‘qiydigan talabalarga viloyat hokimining maxsus stipendiyasi beriladi. “A’lo” bahoga kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarning kontrakt to‘lovlari homiylar tomonidan to‘lanadi.

Shuningdek, bir yilda bir marotaba barcha talabalar qishki va yozgi kiyimlar bilan bepul ta’minlanadi.

Yotoqxonada yashaydigan talabalar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqat 4 yil mobaynida homiylar tomonidan yetkazib beriladi. Bundan tashqari, yaxshi o‘qiydigan talabalarni bir yilda bir marotaba Yaponiya, Rossiya va Janubiy Koreyada bir oylik malaka oshirishga yuborish yo‘lga qo‘yilishi ham rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova