Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Belarusning Brest viloyatidan kelgan sarmoyadorlarni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev “Daryo”ga xabar qildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Xorij davlatidan kelgan sarmoyadorlar, sanoat ishlab chiqarish korxonalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning rasmiy tashrifi Buxoro–Brest savdo-iqtisodiy hamkorligini o‘rnatdi. O‘zaro muloqotda mazkur hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Viloyat rahbari tomonidan delegatsiya vakillariga Buxoro agrosanoat tizimida olib borilayotgan islohotlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borayotgan korxonalar faoliyati haqida ma’lumot berilgan.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Ikki tomonlama manfaatli hamkorlik va savdo-iqtisodiy sherikchilikni taklif etayotgan Brest delegatsiyasi vakillari o‘z mamlakatlariga quruq meva, yong‘oq va dorivor mahsulotlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi