Britaniyalik Yan Ueldon o‘zini to‘ylarni suratga oladigan fotograf deb hisoblaydi. Sababi uning suratlarida kaptarlarni chiroyli tarzda uchiradigan, bir-birlariga nikoh uzugini taqayotgan odatiy kelin va kuyov yo‘q. Aksincha hammasi oddiy: Ueldon to‘ylarni qanday bo‘lsa, shunday suratga oladi. Rasmlarda nafaqat quvnoq mehmonlar, balki to‘y vaqtida ovqatlanmaydigan kelin-kuyov va raqsga tushishga shaylnayotganlar bor. Ularda hammasi tabiiy va samimiy.
Ueldon uchun to‘y odatdagi uyushtirilgan va rasmiy tadbir emas, balki his-tuyg‘ularga boy bo‘lgan bayramdir. U yetti yil oldin to‘ylarni suratga olishni boshladi va bu ishda katta muvaffaqiyat qozondi. Shu boisdan ham Ueldon unutilmas kunni muhrlash uchun sayyoramizning turli burchaklariga taklif qilinadi. TravelAsk ana shunday ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Izoh (0)