Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha Gran-prining dastlabki kunida Shahram Ahadov bronza medaliga ega chiqdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar berdi.
-66 kilogramm vazn toifasida harakat qilgan Shahram bronza medali uchun kechgan bellashuvda isroillik Tal Flikerni mag‘lub etishga erishdi.
Shu bilan birga Ahadov bronza medali bilan bir qatorda Tokio Olimpiadasi uchun muhim 350 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)