Rossiyaning Omsk shahridagi avtoturargohda ikkitalik saltoni amalga oshirgan avtomobilning videosi paydo bo‘ldi. Kuzatuv kamerasi tomonidan tushirilgan videoni “VKontakte” foydalanuvchilaridan biri o‘z sahifasiga joylashtirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Kadr: “VKontakte”

Videodan ko‘rish mumkinki, avtoturargohdagi mashina katta tezlikda bordyur borib urilib, o‘z o‘qi atrofiga bir necha aylanish hosil qilgan.

Hozirda mahalliy politsiya haydovchining shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.