FIFA irqchilik va kamsitishning turli xil ko‘rinishiga qarshi qo‘llaniluvchi jazoga oid intizom kodeksining bandlariga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Yahoo Sports’ning xabar berishicha, kelasi haftadan kuchga kiruvchi yangi qoidaga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun diskvalifikatsiya muddati 10 ta uchrashuvgacha cho‘ziladi.
O‘z navbatida, ushbu turdagi hodisa birinchi marta yuzaga kelsa, assotsiatsiyalar hamda klublar quyidagicha jazo beriladi: uchrashuvga tashrif buyuruvchi tomoshabinlarning soni cheklanib, kamida 20 ming dollar jarima to‘lanishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, jabrlanganlar og‘zaki hamda yozma bayonot berish uchun tegishli organlarga chaqirilishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)