Germaniya kansleri Angela Merkelni oxirgi vaqt mobaynida uchinchi marta ommaviy tadbirda qaltiroq bosdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Melkelning qaltirog‘i Berlinga Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne kelishi munosabati bilan uyushtirilgan rasmiy marosimda ro‘y berdi. Hodisadan so‘ng Germaniya hukumati vakillari kansler o‘zini yaxshi his etayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya kansleri 18-iyunda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv va 27-iyun kuni adliya vaziri Kristina Lambrextni tanishtirish marosimida ham shunday xurujga duch kelgandi.