Neapol shahridagi San-Paulo stadionida 8-iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan yengil atletikaning nayza uloqtirish bo‘yicha saralash bahslarida ishtirok etgan Sanobar Erkinova 52,87 metr natija ko‘rsatib, musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur musobaqada 23 ta davlatdan ko‘plab sportchilar qatnashmoqda.
Ma’lumot uchun, nayza uloqtirish bo‘yicha final bahslari 10-iyul kuni o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi bo‘lgan Sanobar joriy yilning aprel oyida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 54,75 metr natija ko‘rsatib, beshinchi o‘rinni band etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)