Turkiyaning Sivas shahrida hilol va yulduz ko‘rinishidagi masjidda qurilish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi, deb xabar bermoqda “Azon.uz”.
Turkiyada bunday ko‘rinishga ega yagona masjidning qurilish ishlari 2017-yilda boshlangan. Ushbu masjid shahar hokimligi yordami va xayr-ehsonlar hisobiga qurilmoqda.
Yuqoridan qaraganda, masjidning hilol va yulduz shaklida ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Yulduz ko‘rinishidagi yopiq maydonda bir paytning o‘zida 3,5 ming, hilol ko‘rinishidagi hovlida esa 5 ming kishi namoz o‘qishi mumkin.
Izoh (0)