6-iyul, shanba kuni futbol bo‘yicha Kopa Amerikaning 3-o‘rni uchun bo‘lib o‘tgan bahsda Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi Chili termasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv davomida argentinalik hujumchilar Serxio Aguero (12) hamda Paulo Dibalaning (22) gollariga Chili yarim himoyachi Arturo Vidalning 59-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa Argentina termasi Chili ustidan kichik hisobda ustun kelib (2:1), musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joiz, o‘yinning 37-daqiqasida ikkala jamoa sardorlari Lionel Messi va Gari Medel hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydonni muddatidan avval tark etdi.
Kopa Amerika—2019
3-o‘rin uchun bahs
Argentina— Chili 2:1
Gollar: 1:0 — 12 Aguero, 2:0 — 22 Dibala, 2:1 — 59, penalti, VidalArgentina: Armani, Foyt, Pesselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Paredes, Lo Chelso (Funes Mori, 90), Messi, Dibala (Di Mariya, 67), Aguero (Suares, 81)
Chili: Aryas, Medel, Xara (Maripan, 50), Dias, Pulgar, Isla, Bosejur, Arangis (Kastilyo, 83), Vidal, Vargas, Sanches (Fernandes, 17).
Ogohlantirishlar: Bosejur (16), Vidal (26), Pulgar (45), Pesselya (57), Paredes (63), Foyt (79), Talyafiko (90).
Chetlatishlar: Medel (37), Messi (37).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!