Moskva va Sank-Peterburgda 17—29-iyun kunlari Pyotr Chaykovskiy nomidagi 15-Xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati

Unda o‘zbekistonlik Angelina Axmedova “Yakkaxon quylash” nominatsiyasida birinchi va ikkinchi turda g‘olib bo‘ldi va musiqiy turnirning final bosqichiga chiqdi.

Tanlov ishtirokchilarini baholash Sara Billingxyorst-Solomon (Yangi Zelandiya, hayat raisi), Yeva Vagner-Paske (Germaniya), Yevamariya Vizer (Avstriya), Edita Gruberova (Slovakiya), Syuzen Grem, Charlz Makkey va Nil Shikoff (AQSh), Mixail Pyotrenko va Albina Shagimuratova (Rossiya) Matti Salminen (Finlyandiya), Jonatan Frend (Buyuk Britaniya), Ferruchcho Furlanetto (Italiya) kabi san’at namoyondalariga topshirildi.

Tanlovning final bosqichiga chiqqan nomzodlar 28-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Marinskiy-2 teartri sahnasida e’lon qilindi. Unda o‘zbekistonlik Angelina Axmedova rossiyalik Oksana Mayorova bilan birgalikda to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lib, ularga 5 ming dollar pul mukofoti va maxsus diplom beriladi.