• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chala choralarning zarari haqida. Xalq ta’limi vazirligining “elitniy” maktablarga tegishli tashabbusi misolida

    “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh xalq ta’limi tizimida taklif qilinayotgan ayrim o‘zgarishlar, jumladan, ba’zi maktablarga 1-sinf o‘quvchilarini qabul qilish uchun pul undirish tashabbusiga o‘z munosabatini bildiradi.

    O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirib, hammamiz og‘zimizni to‘ldirib gapiradigan Yaponiya yoki Germaniya darajasiga yetib olishni istamaydigan odam bo‘lmasa kerak. Buni amalga oshirish uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijtimoiy jihatdan tizimli, murakkab, hattoki og‘riqli, ammo shifobaxsh islohotlar zarur bo‘lib turibdi. Shunaqa vaziyatda ayrim amaldorlarning chala choralar bilan muammolarni xaspo‘shlash, xalq fikrini chalg‘itishga urinishi achinarli hol. Bunaqa chala choralar muammoni hal qilish o‘rniga uni yanada chuqurlashtiradi. Chunki:
    • aslida ijobiy bo‘lgan fikrlarning obro‘sini to‘kadi (diskreditatsiya qiladi), xalq ishonchini so‘ndiradi;
    • pul, vaqt, ish kuchi resurslari besamar ishlatilishiga olib keladi;
    • jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni chuqurlashtirib, qarama-qarshiliklarni kuchaytiradi, turli nizolar xavfini oshiradi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yaqinda Xalq ta’limi vazirligining Toshkent shahrida maktablarga bolalarni 1-sinfga qabul qilish uchun to‘lov o‘rnatish tashabbusini olaylik. Bu tashabbus qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bahs-munozaralar natijasida xalq ta’limi tizimida mavjud muammolar yana bir karra tilga olindi. Bular:

    1. ko‘pchilik maktablarda ta’lim sifati juda past;
    2. maktablarda korrupsiya mavjud.
    Vazirlik ikkinchi muammoni qisman hal qilishga qaratilgan tashabbus bilan chiqdi, birinchi muammo esga ham kelmadi. O‘z navbatida, tashabbus aholi tomonidan keskin tanqidga uchradi. Oqibatda tashabbus ham amalga oshmadi, muammo ham yechilmadi.

    Faraz qiling, hovlida bir onaning o‘n farzandi o‘ynab yuribdi, tanovul vaqti onasi kelib, eng kuchli o‘g‘liga va eng chiroyli qiziga non berib, qolgan sakkiz nafariga “bilganlaringni qilinglar, menda faqat ikkita non bor, boshqa yo‘q”, desa. Buni eshitgan odamda “qolgan bolalar o‘gaymikin?” degan savol tug‘ilishi tabiiy.

    Bizning vazirlik ham shu onaga o‘xshaydi: go‘yoki “elitniy” bo‘lmagan maktablar o‘gay yoki boshqa mikrohududda yashovchilar ikkinchi darajali odamlardek. Aslida barcha maktablarda ta’lim sifatini o‘sha maktablar darajasiga olib chiqish va undan-da yaxshilash, barcha fuqarolar uchun sifatli ta’limga birdek imkoniyat yaratish vazirlikning asosiy maqsadi bo‘lishi kerak edi, bu maqsadda vazirlik tizimli va to‘g‘ri yo‘l tutish o‘rniga osongina “yo‘lini qilib qo‘yish” tashabbusi bilan chiqishi g‘alati. Yuqorida aytganimizdek, bu chala chora ham:

    • aslida respublikamizda ta’lim tizimini rivojlantirish uchun yagona to‘g‘ri yo‘l ta’limni tekin, lekin sifatsiz, korrupsiyalashgan va tabaqalangan tizimdan chiqarib, pullik, lekin sifatli, shaffof va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan tizimga o‘tkazish bo‘lgani holda, haligi tashabbus omma ichida “pullik ta’lim yomon”, “yana soqqakashlik” degan fikrlarni keltirib chiqardi, yuqorida ko‘rsatilgan muammolar misqolcha yechilmadi, lekin ta’lim sohasini yaxshilashga bo‘lgan ishonchga putur yetdi. Endi birov yaxshi fikr bildirsa ham, xalq orasida “eee, qo‘ysangchi, bunaqalarni avval ham ko‘rganmiz” kabi kayfiyat bo‘lishi tayin;
    • vazirlik tashabbusini amalga oshirishga ketadigan resurslar aslida tizimli faoliyat uchun zarur resurslarni yemirishi tayin edi. Pullik ta’lim tizimini shakllantirish uchun resurslar zarur, bu shubhasiz, lekin bugun o‘zi cheklangan resurslarni bebiliska ishlatsak, keyinchalik rostmana zarurat bo‘lganda ular allaqachon samarasiz choralarga ishlatib bo‘lingan bo‘lar, oqibatda muhim islohotlar resurslar yetishmasligi natijasida amalga oshmay qolar edi;
    • jamiyatdagi qarama-qarshilik kuchayganini ko‘rish uchun haligi tashabbus muhokamasiga qarash kifoya.
    Bundan tashqari, ta’lim sohasi mamlakat ravnaqi uchun nihoyatda muhimligi hisobga olinsa, chala choralar sifatsiz kadrlarni tayyorlab, kelajagimizni ham yemiradi — yana o‘sha bahslarga qarang: “bolalarimizni kichkinaligidan tengsizlikka, hamma narsani pul bilan o‘lchashga o‘rgatamiz va kelajakda mana shunday tarbiyadagi odamlarga bo‘ysunib yashashga majbur bo‘lamiz”, qabilidagi fikrlarga qo‘shilmay bo‘lmaydi.

    Tanqidni qilgandan keyin yechimni ham ko‘rsatish kerak, deyishadi. Xo‘sh, to‘g‘ri yo‘l qanday bo‘lishi kerak edi? Bu borada shaxsiy qarashimni bayon etsam.

    Bugungi kunda tekin ta’limni moliyalashtirish mana bunday sxematik ko‘rinishda amalga oshirilyapti:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ya’ni aholi davlat budjetiga soliq to‘laydi (tadbirkorlar to‘layotgan soliq ham, ildiziga qarasangiz, pirovard natijada aholidan olinadi), keyin ta’lim tizimi budjetdan moliyalashtiriladi. Bunda soliqning qancha qismi aynan ta’lim tizimiga ketishi, ta’lim tizimiga ajratilgan pulning qanchasi esa bevosita maktablargacha yetib borishi shaffof emas — budjet mablag‘lari o‘zlashtirgan amaldorlar yoki maktab ta’miri uchun ajratilgan pul festival o‘tkazish uchun ishlatib yuborilgani haqida xabarlarni ahyon-ahyonda o‘qib turibmiz.

    Mavzuga doir:

    Bolani maktabga 6 yoshdan berish uchun pul to‘lash kerakmi?

    O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatlar qatorida ko‘rishni istasak, ular qilgan ishni qilishdan boshqa choramiz yo‘q, deb o‘ylayman. Shundan kelib chiqsak, ta’lim tizimi quyidagi o‘ta soddalashtirilgan ko‘rinishga kelishi kerak:

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu holatda (Xalq ta’limi vazirligi, e’tibor qarating!):

    • maktablarda rivojlanish va ta’lim sifatini yaxshilash uchun yetarlicha mablag‘ yig‘iladi;
    • yuqorida aytilgan korrupsiya yoki maqsadsiz sarflar holatlari o‘z-o‘zidan yo‘qoladi;
    • maktablar o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi, bilim sifatini oshirish va puldan oqilona foydalanish yana ham yaxshilanadi.
    Albatta, savol tug‘ilishi tabiiy:

    1. Aholi pullik ta’lim uchun pulni qayerdan oladi?

    Javob: Davlat budjetiga ta’lim tizimi bilan bog‘liq yuklama kamaysa, bugungi soliq darajasi shu soliqning ta’limni moliyalashtirish uchun ketadigan qismiga kamayishi kerak. Ya’ni aholi kamroq soliq to‘lab, tejalgan pulni davlatga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim muassasasiga to‘laydi. Ko‘rib turibsizki, ta’lim bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun soliq tizimini ham isloh qilish talab etiladi, “tizimli islohotlar” iborasining ma’nosi ham shundadir. Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari birgalikda aholi soliqlarining ta’lim tizimiga yo‘naltiriladigan qismi va har bir ta’lim muassasasida o‘z-o‘zini moliyalashtirishga doir tavsiyalarni tayyorlashi, keyin maktablar ana shu tavsiyalar asosida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aylantirilib, tegishli tariflar ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

    2. Soliqni kamaytirgandan keyin ham ta’lim uchun to‘lov barchaga barobar imkoniyatli bo‘lmaydi. Kam ta’minlanganlar nima qiladi?

    Javob: Ijtimoiy adolatni ta’minlash uchun davlat ana o‘sha yuqorida ko‘rsatilgan soliqdan (faqat endi ijtimoiy sohaga mo‘ljallangan qismidan) kam ta’minlangan oilalarga ta’lim uchun maqsadli to‘lovlarni amalga oshiradi. Bunday maqsadli to‘lovlar miqdori bugungi kunda ta’lim tizimiga sarflanayotgan xarajatlarning yuzdan biricha ham kelmasa kerak, buni bilish uchun Moliya vazirligidan tegishli hisob-kitoblarni kutib qolamiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    3. “Elitniy” maktablar bo‘ladimi? Ularda to‘lov qimmatroq bo‘ladimi?

    Javob: Ha, o‘quv sifati yaxshiroq maktablar bo‘ladi, bolalarni bunday maktablarga joylashtirish talabi yuqoriroq bo‘lgani uchun ularda o‘qish qimmatroq bo‘ladi. Lekin maktablar orasidagi erkin raqobat bunday maktablarning tobora ko‘payishini, shu bilan birga, “oddiy” maktablarda ham o‘qitish sifati oshib borishi, “oddiy” maktab ham vaqti kelib “elitniy” bo‘lib qolishini ta’minlaydi.

    4. Korrupsiya nima bo‘ladi? Hamma “soqqa”ni maktab direktorlari qiladimi?

    Javob: Boya aytganimdek, Yaponiya yoki Germaniyaday bo‘lmoqchi ekanmiz, ular qilgan ishni qilishimiz kerak. Ularda bu masala qanday hal etilgan? Maktabni boshqarish nafaqat direktor yoki xalq ta’limi bo‘limi orqali, balki jamoatchilik tomonidan, vasiylik kengashi orqali amalga oshiriladi. Bunday kengashlarni tuzish, ularning ishini tashkil qilish fuqarolarni faollashtirishga doir siyosiy o‘zgarishlarni ham talab qiladi. Siyosiy o‘zgarishlarsiz har qanday sa’y-harakat chala choraligicha qolib ketaveradi.

    Telegram’dagi “Zambarakning o‘qi” kanalida Kanadada men taklif qilayotgan kengashga o‘xshagan tuzilma qanday ishlayotgani yaxshi ko‘rsatilgan. Yozilishicha, Alberta provinsiyasi ta’lim vazirligining vazifasi — ta’lim standartlarini belgilash, ularni nazorat qilish va kengashlarni moliyalashtirish, ammo u bevosita maktablarni boshqarmaydi. Bu ota-onalar tomonidan saylanadigan struktura — ta’lim kengashi amalga oshiradi.

    “Ular bolalar soniga qarab vazirlikdan pul so‘raydi, pulni maktablarga taqsimlaydi, qaysi tumanda nechta maktab qurish kerakligini hal qiladi va hokazo. Umuman olganda, ta’lim jarayonini, ho‘jalikni yuritadi. Vazirlik kengash ishiga aralashishi ancha mushkul, chunki kengash xalq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri saylanadi”, — deyiladi matnda.

    5. Bu yaxshi ish ekan, lekin qachon bo‘ladi?

    Javob: Bunday tizimli islohotlar ancha uzoq muddat, aniqroq aytsak, yillar davomida bosqichma-bosqich choralar kiritish, tegishli oraliq maqsadlar qo‘yish va oraliq natijalarni tahlil qilishni o‘z ichiga olgan aniq reja asosida amalga oshiriladi. Zarurat tug‘ilganda rejalarga tegishli o‘zgarishlar ham kiritiladi, ya’ni rejalar toshda o‘yib yozilmaydi. Lekin pirovard maqsad aniq bo‘lsa, masofa yarimlaganda “yo‘li qilib yuborilmasa”, maqsadga o‘sha Yaponiya yoki Germaniyaga nisbatan tezroq yetib olsak bo‘ladi, negaki ularning xato va yutuqlarini ko‘rib turibmiz — xatosini takrorlamasak, yutug‘ini o‘rgansak, marra bizniki.

    Ta’lim sohasidagi islohotlar aslida yanada kengroq mohiyatga va muhimroq ahamiyatga ega. Bu maqolada fikrlar juda qisqa ko‘rinishda, tor doirada va, asosiysi, mutaxassis bo‘lmagan odam tomonidan keltirildi. Bahs-munozara kelib chiqishi tayin. Yakuniy xulosa va mutlaq haqiqatga da’vo qilmagan holda, Xalq ta’limi vazirligidan o‘z ishiga puxta yondashishni, chala choralar emas, har tomonlama hisob-kitob qilingan tizimli tashabbuslar bilan chiqishini so‘rab, mavzuni yopaman.

    Ammo atrofda boshqa sohalardagi chala choralar qancha? “Qoraytirilgan oynalar”, “charm poyabzal”, QQS bilan bog‘liq chalkashliklar, OTMdagi “superkontrakt”, turizmni rivojlantirishdagi ko‘zbo‘yamachiliklar va yana boshqa gaplar...

    Yana takrorlayman, bu choralarning hammasi aslida yaxshi g‘oyalarni “bir tiyin” qilish, xalq ishonchini tamom so‘ndirib, tushkunlikni keltirib chiqarish, davlat mulkini bebiliska sarflash (orada talon-taroj ham qilib turish), jamiyatda tabaqalanish va nizolarga poydevor yaratishdek buzg‘unchilikdan boshqa narsa emas.

    Xalqimizda “do‘ppini bir chetga qo‘yib o‘ylash” yoki “yetti o‘lchab, bir kesish” kabi gaplar bejiz paydo bo‘lmagan. Modomiki gap kelajagimiz haqida borar ekan, shoshma-shosharlik qilmasdan, har bir masalani puxta o‘ylab, o‘z aqlimiz yetmasa, chet el tajribasini yaxshilab o‘rganib, haqiqiy yaxshi tashabbuslarni beraylik va ularning muhokamasiga jiddiy yondoshaylik, toki kunimiz chala choralarga qolmasin.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    28.06.2019, 17:42   Izoh (0)   56792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.