Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shu kunlarda Parijda bo‘lib o‘tayotgan Le-Burje (The International Paris Air Show at Le Bourget) xalqaro aviatsiya-kosmik ko‘rgazmasida Isroilning Eviation kompaniyasi dunyoda eng yirik elektr yo‘lovchi samolyotini taqdim etdi. Alice deb nomlangan ushbu samolyot faqat elektr energiyada ishlaydigan dunyoda eng yirik samolyot bo‘ldi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Tajriba samolyotiga uchta Siemens elektrodvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, to‘qqizta yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Samolyot og‘irligi 3 800 kilogramm bo‘lib, uning 60 foizini o‘rnatilgan korpus va akkumulyator tashkil etadi. Yangi samolyot soatiga taxminan 444 kilometr tezlikda 700 metr balandlikda ucha oladi.

Eviation kompaniyasi bosh direktori Omer Bar-Yoxayning ta’kidlashicha, hozirda barcha ishlar xususiy investorlar yordamida moliyalashtirilmoqda. Yangi samolyot ishlab chiqarilishi uchun kompaniya kamida 200 million dollar to‘plashi lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hammasi rejaga ko‘ra ketsa, yangi samolyotga sertifikat 2021-yilda beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi